Forum
Kulolchilik
Rishton

Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi

ceramicforum.uz > Yangiliklar > Forum > Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi

Fargʻona viloyati Rishton tumanida 2022 yilning sentyabr oyida “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi” oʻtkaziladi. Mazkur tadbir Prezidentning “Xalqaro…

Fargʻona viloyati Rishton tumanida 2022 yilning sentyabr oyida “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi” oʻtkaziladi.

Mazkur tadbir Prezidentning “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Forumning maqsadi jahon iqtisodiyotida muhim tarmoq hisoblangan hunarmandchilikni keng targʻib qilish, hunarmandchilikning asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan kulolchilik anʼanalari va maktablarini saqlash, sohadagi ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirish, oʻzaro tajriba almashish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va iqtidorli hunarmandlarni ragʻbatlantirishdan iboratdir.

Koʻrgazma doirasida “Anʼanaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” ilmiy-amaliy konferensiyasi, kulolchilik mahsulotlari koʻrik-tanlovi, xorijiy va mahalliy ustalari mahorat darslari, xalq sayillari, konsert dasturlari, koʻrgazmalar, kulolchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar namoyishlari, ustaxonalarga ekskursiyalar va boshqa koʻplab tadbirlar oʻtkaziladi. Forum yakunida gʻolib va sovrindorlar taqdirlanadi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur tadbir Prezident qarori bilan Oʻzbekistonda 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro kulolchilik forumi va koʻrgazma-savdosi, Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkazilishi belgilangan.