An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida ishtirok eting. 12–14-may kunlari Farg‘ona viloyatining…
An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida ishtirok eting. 12–14-may kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Farg‘ona viloyat hokimligi, Respublika «Hunarmand» uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.
Tadbirda kulol hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish va ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, qolaversa, loydan kulolchilik mahsulotlarini yasash va ularga naqsh berish jarayonlarida bevosita ishtirok etishingiz hamda xarid qilishingiz mumkin.
Tadbirga sayyohlik kompaniyalari, milliy va mintaqaviy tashkilotlar, assosiasiyalar, vakolatxonalar, mehmonxonalar, shuningdek, davlat idoralarini taklif etamiz.
An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazib yubormang.
Biznes imkoniyatlarni kengaytirish imkoniyatidan foydalanib qoling!
☎️Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279-80-88